

Anvar Hafizov shogirdlari Moskvaning "Dinamo" klubiga qarshi kechgan uchrashuvda g'alabaga juda yaqin turishgandi. Biroq oxirgi daqiqada yuzaga kelgan avtogol tufayli muvaffaqiyat qo'ldan chiqarildi. Bahs 2:2 hisobida yakunlandi. Yoshlarimizdan to'plarni Saveliy Abramov va Aziz Mirzaev kiritishdi. Ikkinchi turdan keyin "Paxtakor" tarbiyalanuvchilari 4 ochko to'plab, to'plar farqiga ko'ra "Dinamo"dan keyin turishibdi. "Shaxtyor" va "Krasnodar-2" jamoalari hisobida bittadan ochko mavjud. Oxirgi turda mezbonlarning ikkinchi jamoasiga qarshi maydonga tushadigan Anvar Hafizov shogirdlarini durang ham yarim finalga olib chiqadi.



