Kuni kecha Andijon shahriga tashrif buyurgan Sergey Yakovlevich rahbariyat bilan deyarli kelishuvga erishgan. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, murabbiy yaqin kunlar ichida rasman ishga kirishadi. Hozircha ukrainalik mutaxassis jamoa mashg'ulotlariga tashrif buyurib, futbolchilarni sirtdan kuztmoqda. Biroq yangi murabbiyning rasman ishga kirishishi ortga surilmoqda. Bu esa ularning ziyoniga ishlamasa bo'lgani. Sababi bugungi kunga kelib hamma jamoa yig'inni boshlagan va tarkibni kuchaytirishga e'tibor qaratmoqda.
Darvoqe agarda Shevchenko "Andijon"da rasman ishga kirishsa, murabbiylar shtabida ham o'zgarishlar ro'y berishi kutilmoqda. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, Andijon futboli tarixida o'ziga yarasha nom qozongan sobiq hujumchi Baxtiyor Hamidullaevni bosh murabbiy Shevchenkoga yordam berishi kutilmoqda. Shuningdek undan tashqari yana ayrim o'zgarishlar bo'lishi aytilmoqda.