Sergey Lushan: "So'g'diyona"ni g'alaba bilan tabriklayman"

Narzulla Saydullayev
10 may 2015, 20:06
"So'g'diyona" - "Bunyodkor" (2:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Sergey Lushan ishtirok etdi.
"Bugun 1:2 hisobida yutqazdik. "So'g'diyona"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida fikrlarim shu", - deydi Sergey Lushan.

"Bugun himoyada tartibli o'ynab yaratgan imkoniyatlardan foydalanish yetishmadi. Shu bois mag'lub bo'ldik".

"So'g'diyona"ning o'yinini emas o'z jamoam o'yinini kuzatdim. Bugun ular g'alaba qozonishdi demak barchasini to'g'ri qilishdi".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia