Sergey Lushan: “Al-Nasr” Saudiya Arabistonining hozirgi paytdagi eng kuchli jamoasi"

Narzulla Saydullayev
24 fev 2015, 07:18
"Al-Nasr” – “Bunyodkor” uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushan va himoyachi Akmal Shorahmedov ishtirok etdi.
- Avvalo, yoqimli kutib olishgani va yaxshi sharoitlar yaratib bergani uchun “Al-Nasr” futbol klubiga minnatdorchilik bildirib o'tmoqchi edim. Oldinda judayam qiziqarli bahs kutib turibdi. Raqib oddiy jamoa emas – Saudiya Arabistoni chempionatining bugungi kundagi eng kuchli klubi. Bunday jamoa bilan kuch sinashish qiziqarli, - deb gap boshladi Sergey Ivanovich.

- “Al-Nasr” klubi haqida qanjay ma'lumotlarga egasiz. Umuman raqib jamoani qay darajada o'rgandingiz?
- Yuqorida ta'kidlab o'tganimdek, “Al-Nasr” Saudiyaning hozirgi paytdagi eng kuchli jamoasi. Shunday ekan jamoani sinchikovlik bilan o'rgandik. Raqib ishtirokidagi so'nggi paytlardagi deyarli barcha uchrashuvlarni ko'rdik. Ularning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida o'zimiz uchun qaydlar belgilab olganmiz.

- “Bunyodkor” garchi “Al-Jazira”dan ustun kelgan bo'lsa-da, jamoangiz hali to'liq sport formasida emas. Bu holat Sizni havotirga solmayaptimi?

- Bizni qanday holatda ekanligimizni ertangi bahs ko'rsatib beradi. Raqibni o'rganish jarayoni yaxshi bo'ldi. Endi ularga kuchli jihatlarini ko'rsatishga yo'l qo'ymasligimiz lozim. Shuningdek, biz ayni payda qodir bo'lgan o'yinimizni ko'rsata olsak, o'ylaymanki natija biz uchun ijobiy bo'ladi.

- Jamoangizda yo'oqtishlar bormi?
- Yo'q, hammasi joyida. Ar-Riyodga maksimal kuchli tarkibimiz bilan kelganmiz.

Bahodir MIRZAEV
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com