“Ochig'ini aytsam, natijadan qoniqdim, lekin ko'rsatgan o'yinimiz yaxshi chiqmadi, - deb gap boshladi Lushan.
“17 soatlik yo'l bosishimiz o'z ta’sirini ko'rsatdi. Biz bugun ko'proq raqib hujumlarini buzdik, o'zimiz tashkil qilolmadik. "Al Nasr" kuchli jamoa. Ularning maydonidan ochko bilan qaytishimiz, o'ylashimcha hozirgi holatimiz uchun yaxshi natija. O'yindan o'yinga holatimiz yaxshilanadi va bundan kuchliroq o'yin ko'rsatamiz.
Bugun yoshlarimiz meni xursand qildi. "Bunyodkor" futbol maktabi Osiyoda eng kuchli akademiya deb bemalol ayta olaman. Bugun bazi yosh futbolchilarim bu kabi ko'p muxlis qarshisida birinchi bor to'p tepishdi. O'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. Yaqin yillar ichida "Bunyodkor"ning 80 foiz o'yinchilari o'z tarbiyalanuvchilarimiz hisobiga to'ldiriladi. Tartib har doim mahoratdan ustun keladi. “Al Nasr” 2 bo'lim hujum qildi, lekin ular ham, biz ham 1 ochko ishladik!”, - deb o'z fikrlarini yakunladi Sergey Lushan.
"Bunyodkor" matbuot xizmati