Sergeev va Krimec to'p tepadigan "Beijing Goan" g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
22 okt 2016, 16:05
Bir necha daqiqa oldin "Beyjing Goan" hamda "Changsha Ginde" o'rtasidagi Xitoy chempionatining 28-tur uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuv 3:1 hisobida mezbon pekinliklarning ("Beyjing Goan") g'alabasi bilan yakunlandi. O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Egor Krimec ushbu uchrashuvda to'liq o'ynadi. Hujumchimiz Igor Sergeev esa 76-daqiqada Burak Yilmaz o'rniga maydonga tushdi.

"Beyjing Goan" - "Changsha Ginde" 3:1

Gollar: Burak Yilmaz 24, YU Dabao 52, Mingyang Du 74, Chugui Ye 84.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia