Sergeev, Iskanderov va Isoqjonov Vetnamga ketishmagan

Narzulla Saydullayev
12 mar 2015, 11:03
O'zbekiston U-23 yoshlar terma jamoasi 14 mart kuni Xoshimin shahrida Vetnam terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Bangladesh mezbonlik qiladigan U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik bosqichidan o'rin olgan mazkur uchrashuv 14 mart kuni Vetnamning Xoshimin shahrida bo'lib o'tadi. Ushbu o'yinni o'tkazish uchun Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa o'tgan kuni Xoshiminga uchib ketdi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Baxtiyor Ashurmatov Igor Sergeev, Jamshid Iskanderov va Islombek Isoqjonov kabi futbolchilarni safarga olib ketmagan.

Ularning o'rniga Jasur Hakimov, Ikrom Aliboev va Nikita Pavlenko Xoshiminga ketishdi.


Vetnamga uchib ketgan yakuniy tarkib quyidagicha ko'rinish olgan:

Darvozabonlar: Akmal Tursunboev, Abdumavlon Abdujalilov.

Himoyachilar: Bobur Yo'ldoshev, Sardor Rahmonov, Muhsin Ubaydullaev, Abdulloh Olimov, Xurshid Muhtorov, Hasan Asqarov

Yarim himoyachilar: Javohir Rasulov, Ikrom Aliboev, Abbos Maxstaliev, Diyor Turopov, Jahongir Abdumo'minov, Sardor Sobirxo'jaev, Jaloliddin Masharipov.

Hujumchilar: Timur Ayupov, Jasur Hakimov, Nikita Pavlenko.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia