Syerdar Azmun FIFAga murojaat qildi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2016, 15:06
Sport yuristi Mixail Prokopec Rubin va Syerdar Azmun o'rtasidagi muammoga oydinlik kiritdi.

– Meni ma'lumotimga ko'ra Azmun va Rubin o'rtasidagi shartnomada buy-out sharti mavjud. Unga ko'ra, Qozon klubi futbolchi uchun etarli mablag'ni to'lashga tayyor bo'lgan klubga uni qo'yib yuborishi kerak. Albatta Azmunning roziligi bilan.

– Rostov shunday taklif bilan chiqdimi?

– Ha, Azmunning shartnomasida yozilgan summa taklif qilindi.

– Bu 2,5 million evromi?

– Izohsiz.

– Rubin qanday javob berdi?


– Shartnomaga amal qilmadi. Rostov va futbolchi bu variantga rozi edi. Azmunning fikricha aynan Rubin shartnomani buzib noto'g'ri ish qilgan.

– Rubin FIFAga arz qilmoqchi.

– Ha, buni o'qidim. Biroq futbolchining o'zi ham FIFA muammolarni echishiga umid qilayapti.

– Azmunning talablari qanday?

– Aynan Qozon klubi qoida buzganini isbotlash. FIFA vaziyatni ko'rib chiqish uchun Rubindan hujjatlar talab qildi.

Azmun hech qaerga qochmagan, shunchaki sobiq klubi shartnomaga amal qilishini xohladi.

– Rubinga murojaat qildimi?

– Ha. Uch marta shartnomaga amal qilish kerakligini aytdi. To'rtinchisida u shartnomani bekor qildi. Azmun diskvalifikaciya qilinishi va qaytarilishi haqidagi xabarlarni o'qish og'ir. U narsa emaski qaytarib berilsa.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru