Sensaciya! Italiya JCH-2018ga bormaydi

Aslanov Jasurbek
14 noya 2017, 02:56
Italiya terma jamoasi kelasi yili Rossiya yashil maydonlarida o'tkaziladigan mundialda ishtirok etmaydi.

1958 yilgi jahon chempionatidan keyin ilk bor Jahon chempionati Skuadro Adzurrosiz o'tadi. Ha, xuddi shunday! Italiyaliklar JCH-2018 pley-offining javob bahsida o'z maydonlarida Shvetsiyani mag'lub eta olishmadi. 

Milan shahridagi “San-Siro” stadionida o'tgan o'yinda hisob ochilmadi. Shvetsiya terma jamoasi o'z maydonidagi 1:0 hisobidagi g'alaba evaziga mundial chiptasini qo'lga kiritdi. 



JCH-2018 pley-off javob uchrashuvi


Italiya – Shvetsiya 0:0 (0:0, 0:0)


“Juzeppe Meacca (San-Siro)” nomli stadion

Italiya – Buffon, Bardzali, Bonuchchi, Kellini, Darmian (El-Shaaravi, 63), Parolo, Kandreva (Bernardeski, 76), Florenci, Jorjino, Immobile, Gabbyadini (Belotti, 63).

Shvetsiya – Olsen, Grankvist, Augustinsson, Lindelef, Lyustig, Klasson (Roden, 72), Larsson, Yuxansson (Svensson, 19), Forsberg, Berg, Toyvonen (Telin, 54).

Ogohlantirishlar: Kellini (9), Yuxansson (9), Bardzali (22), Forsberg (29), Lyustig (65), Telin (69), Immobile (90), Bernardeski (90), Olsen (90).

Birinchi o'yin – 0:1

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif