Senegal -JCH-2018ning navbatdagi ishtirokchisi

11 noya 2017, 00:14
Senegal terma jamoasi JCH-2018 saralash bahslari Afrika mintaqasida safarda JAR termasini 2:0 hisobida mag'lub etib, Rossiyada o'tadigan mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, FIFA qaroriga muvofiq JAR-Senegal uchrashuvi takroran o'tkazilgandi.O'tgan yilning 12 noyabrida o'tkazilib, JAR termasining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etgan bellashuv bekor qilinib, uchrashuv hakam Jozev Lampti kelishilgan o'yinda ishtirok etgani uchun umrbod hakamlikdan chetlatilgandi.

Bugungi g'alabadan keyin Senegali D guruhida birinchi o'rinni naqd qildi va JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Shu tariqa 2018 yil Rossiya yashil maydonlarida o'tadigan JCH ishtirokchilarininng soni 24 taga etdi. Bular Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Polsha, Misr, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya, Panama va Senegal.

JCH-2018 - Afrika. D guruhi. 2- tur

JAR –Senegal 0:2

Gollar: 0:1 – Saxo – 12, 0:2 – Mkhize – 38 (avtogol)


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia