
Chempionlar ligasining birinchi turida PSJdan uchralgan yirik mag'lubiyatdan (0:5) so'ng, Brendan Rojers jamoasi Shotlandiya chempionatining 6-turida "Ross Kaunti"ga imkoniyat qoldirmadi (4:0). Shunday qilib, ularning Shotlandiya chempionati va Kubogidagi mag'lubiyatsiz rekord seriyasi 55ta uchrashuvga etdi.
So'nggi marotaba "Seltik" Shotlandiya birinchiligida 2016 yil 11 mayda mag'lub bo'lgan edi. O'shanda jamoa "Sent-Jonson"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.