"Selta" tarkibiga chililik futbolchi qo'shildi

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2016, 15:30
"Selta" o'z rasmiy sayti orqali "Gamburg" yarim himoyachisi Marselo Diasni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.

29 yoshli Chili terma jamoasi futbolchisi ispan klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi e'lon qilinmayapti.

Marselo Dias 2015 yilning fevralida "Bazel"dan "Gamburg"ga o'tgan edi. U nemis jamoasi safida 20 uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia