

26 yoshli ispaniyalikning "qaymoqranglilar" bilan bitimi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
"Real"da o'ynash sharaf – bu dunyodagi eng katta klub. Shartnomam tugashiga 4 oy qoldi.
Oldinda ko'plab o'yinlar bor, ularda men saviya bo'yicha jamoaga mos ekanligimni va qolishim mumkinligini ko'rsata olaman", – dedi Sebalos.
Sebalos 2022/23 yilgi mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



