

Unga ko'ra oliy liga klublari matbuot xizmati vakillari o'z jamoalari ishtirokidagi o'yinlarni yanada sifatli va tezkorlik bilan yoritib borish natijasida qimmatbaho sovg'alarga ega bo'lishlari mumkin edi.
Tanlovda "Buxoro" klubi matbuot xizmati g'olib bo'ldi. Kuni kecha klub matbuot kotibi Aziz Salihov saytimiz rahbari Nodirxo'ja Yuldashev tomonidan televizor bilan mukofotlandi.
Yaqin vaqt ichida "Bunyodkor" va "Qo'qon-1912" matbuot kotiblariga ham televizor taqdim etiladi. 





