Savich 4ta evrokubok o'yinidan chetlatildi

Alisher
16 apr 2021
UEFA "Atletiko" himoyachisi Stefan Savichni to'rtta evrokubok o'yinlaridan chetlatdi.

Futbolchi Chempionlar Ligasi 1/4 final "Chelsi"ga qarshi javob o'yinidagi chetlatishi sabab jazolandi.

Chernogoriyalik futbolchi dastlab "ko'klar" himoyachisi Antonio Ryudigerning ko'kragiga tirsak bilan zarba berdi, so'ngra hakam Daniele Orsatoni haqoratladi.

UEFA shuningdek "Atletiko"ni o'sha o'yinning ikkinchi bo'limiga kechikib tushgani uchun 10 ming evro jarimaga tortdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo