Sautgeyt - Sanchoning assistlari haqida: "MYUda ham u shunday ishlarni qila oladi"

Mirjalol Normatov
10 okt 2021, 17:51
Angliya termasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt yarim himoyachi Jeydon Sanchoning MYU tarkibida 8 o'yinda hali samaradorlik qayd eta olmagani haqida gapirdi.

9 oktyabr kuni JCH-2022 saralashida vinger Andorra termasiga qarshi o'yinda ikkita golli pas amalga oshirdi.

"Xayron qolarli ish emas. Bu yoshgina yigitchaning faoliyatida kichik tanaffus bo'lmoqda. U boshqa ligaga ko'chib o'tdi. U yerda klub yangi, o'yin uslubi yangicha va mashg'ulot uslubi boshqacha. U ko'plab qiyinchiliklarni engib o'tib Manchesterga qaytdi. Umuman olganda bu yerda ko'p narsa bir-biriga bog'liq.

Unga vaqt talab qilinadi. Andorraga qarshi o'yinda u o'zining maohoratini namoyish qila oladi. Bu kabi assistlarini MYUda ham ko'ramiz. Buning vaqti keladi", - dedi Sautgeyt.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal