Sautgeyt: "Angliya bilan Qatarga borishni xohlayman"

Alisher
12 iyul 2021, 17:46
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Evro-2020dan so'ng yangi shartnoma haqida gapirdi.

"Hozir bu haqda o'ylashning payti emas deb o'ylayman. Biz Qatardagi JCH-2022da ishtirok etish huquqini olishimiz kerak. Hozirda menga Evro-2020 yakunlarini baholash uchun vaqt kerak. Dam olishim kerak.

Bu ajoyib tajriba bo'ldi. Mamlakat terma jamoasini boshqarish kuch talab qiladi. Shu bilan birga qo'llab-quvvatlashni his qilish - bu ajoyib. Murabbiy sifatida siz buni juda qadrlaysiz.

Men jamoa bilan Qatarga bormoqchiman. To'rt yil davomida o'sishga erishganimizni his qilyapman. Bizda to'rtinchi, uchinchi o'rinlar bo'lgandi, hozir esa ikkinchi", - deydi Sautgeyt.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports