APLda ilk bor "Sautgempton" o'yinchilar va murabbiylarning maoshini qisqartirdi

Alisher
9 apr 2020, 15:25
"Sautgempton" koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyat sabab maoshlar kamaytirilganligini e'lon qildi.

Futbolchilar, murabbiylar va klub rahbariyati 3 oy davomida, yani aprel, may va iyun oylarida to'laqonli maosh olishmaydi.

Shunday ekan, "Sautgempton" Angliya Premer-ligasida maoshlarni kamaytirgan ilk klub bo'lmoqda.

Shuningdek, klub ish o'rinlarini saqlab qolish bo'yicha davlat dasturida qatnashmaslikka qaror qildi. "Sautgempton" 100% miqdorda o'z xodimlarga maoshlarni to'laydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: southamptonfc.com