Saudiya Arabistonliklar yana bir top murabbiyni ligaga olib kelishmoqchi

Khoja
12 iyun 2025, 09:17
Saudiya Arabistoni PIF (suveren boylik jamg'armasi) Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamga JCH-2026dan keyin ish taklif qildi.

Bu haqda jurnalist Sacha Tavolieri X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, PIF vakillari fransiyalik mutaxassisni mahalliy ligadagi jamoalardan birining boshqaruvida ko'rishni xohlashmoqda. Qayd etilishicha, murabbiy bu qiziqishdan mamnun bo'lgan, biroq ayni damda butun e'tiborini terma jamoa bilan ishlashga qaratgan.

Desham Fransiya terma jamoasini 2012 yildan buyon boshqarib kelmoqda, 2018 yilda esa francuzlar bilan jahon chempionatida g'alaba qozongandi. Mutaxassisning Fransiya futbol federatsiyasi bilan shartnomasi JCH-2026 yakunigacha hisoblangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Х (собиқ Twitter)