Saudiya Arabistonining 3 futbolchisi jazolanadi

Mirjalol Normatov
15 iyun 2018, 11:36
JCH-2018ning birinchi turida mag'lub bo'lgani uchun Saudiya Arabistonining bir yo'la 3 futbolchisi jazolanadi.

Bu haqda NTV telekanaliga Saudiya Arabistoni futboli federatsiyasi prezidenti Odil Izzat xabar berdi:

"Mag'lubiyatdan jaxl otiga minyapman. Bizga yoqmaydigan hisob bo'ldi. Termadagi ayrim futbolchilar uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmaganligi ko'rinib qoldi. Biz darvozabon Abdulloh Al-Muayuf, hujumchi Muhammad Al-Sahlavi hamda himoyachi Omar Xavsavini jazolaymiz".

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: НТВ