"Al Nassr" bir kishi kam bo'lib, "Al Ittihod"ni mag'lub etdi va Saudiya Arabistoni Superkubogi finaliga chiqdi

Sherzod Nurmatov
19 avg 2025, 19:08
Gonkong mezbonlik qilayotgan Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finalining ilk uchrashuvi yakunlandi.

Unda Ronaldu yetakchiligidagi "Al Nassr" bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay, g'alabaga erishdi va finalga yo'l oldi. Navbatdagi finalchi ertaga "Al Ahli" – "Al Qodisiya" uchrashuvida aniqlanadi. 

Saudiya Arabistoni Superkubogi

Yarim final bosqichi

"Al Nassr" – "Al Ittihod" 2:1 

"Gonkong" stadioni. 17:00

Gol: Sadio Mane 10', Feliks 61' – Stiven Bergveyn 16'

"Al Nassr": Bentu, Bushal, Simakan, Inigo Martines, Ayman (Al G'annam, 80), Al Haybari (Al Hassan, 90), Brozovich, Feliks, Koman (Uesli, 80), Mane, Ronaldu (Anjelo, 90+1).

"Al Ittihod": Hamid Al Shinqiti, Muhammad Al Shanqiti, Al Musa (Al G'amdi, 89), Danilo, Mario, Kante, Fabino, Auar (Al Shahri, 82), Diabi (Ernandes, 82), Stiven Bergveyn (Al Oboud, 81), Benzema. 

Ogohlantirishlar: Fabino (45+1), Muhammad Al Shanqiti (53), Uesli (90+2), Al G'amdi (90+2), Brozovich (90+6).

Chetlatish: Sadio Mane (25).



O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia