Saudiya Arabistoni qirol kubogi. Al Ittihod - Al Hilol o'rtasidagi markaziy uchrashuv g'olibi penaltilar seriyasi orqali aniqlandi

Khoja
8 yanv 2025, 05:05
Saudiya Arabistoni qirol kubogining so'nggi chorak final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Al Ittihod va Al Hilol o'zaro bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Ekstra-taymlarda ham jamoalar bittadan gol urishga erishdilar. Penaltilar seriyasida esa Benzema boshchiligidagi jamoaning omadi keldi va Al Ittihod musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi.

Saudiya qiroli kubogi. 1/4 final

Al Hilol - Al Ittihod - 2:2

Penaltilar seriyasi - 1:3.

7 yanvar, Kingdom Arena

Gollar: Salim Ad Dovsari (72), Leonardo (101) - Benzema (63, 114).

Al Hilol – Bunu, Lodi (Al Harbi, 90+2), Al Bulayhi, Kulibali, Kanselu (Al Yami, 90+2), Milinkovich-Savich, Nevesh (Kanno, 100), Salim Ad Dovsari, Al  Hamdan (Nosir Al Dovsari, 65), Malkom, Mitrovich (Markos Leonardo, 13).

Al Ittihod – Raykovich, Kadesh, Danilu Pereyra, Al Musa (As Skurk, 83), Auar (Havsavi, 88), Mitay (Al Bishi, 105), Fabinio, Kante, Ash Shengiti, Bergveyn (Al Obod, 97), Benzema.


O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com