Saudiya Arabistoni. Masharipov va Ronaldu jamoasi ochko yo'qotdi

Aslanov Jasurbek
15 yanv 2023, 00:43
Saudiya Arabistoni chempionatining 13-turida "Al-Nassr" "Al Shabab" mehmoni bo'ldi.

Bahs gollarsiz yakunlandi. "Al-Nassr" sharafini himoya qilayotgan Jaloliddin Masharipov o'yinni asosiy tarkibda boshladi. O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi 60-daqiqada almashtirildi.

Mehmon jamoaning yana bir legioneri Krishtianu Ronaldu ushbu o'yinda ishtirok etmadi. U MYU safida diskvalifikaciya olgani uchun uchrashuvda qatnasha olmadi. Ronaldu jamoaning keyingi bahsida debyut qiladi.


"Al-Shabab" - "Al-Nassr" 0:0

"Al-Nassr": David Ospina (Amin Al Buxori), Ali Layami, Sulton Al G'annam, Jaloliddin Masharipov (Abdulmajid Al Sulayhim 60), Alvaro Soberon, Abdulela Al Amr, Luis Gustavo, Abdulloh Alhaybari, Gonsalo Martines (Ayman Ahmed 79), Sam Al Najey, Anderson Taliska.


SAUDIYA ARABISTONI CHEMPIONATI JADVALI

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia