Saudiya Arabistoni davlat neft kompaniyasi FIFAning eng yirik homiysiga aylanadi

Оқил Абдубарноев
17 noya 2023, 00:44
Homiylik mablag'lari 100 mln dollarga yetishi mumkin.

Neft giganti Aramco mamlakat 2034 yilgi jahon chempionatini o'tkazish uchun yagona da'vogar sifatida qoldirilganidan so'ng, FIFA bilan yirik homiylik shartnomasini tez orada yakunlaydi.

Dunyoning eng daromadli kompaniyasi 2034 yilgacha shartnoma tuzib, Xalqaro futbol federatsiyasining eng yirik hamkoriga aylanishi kutilmoqda.

Soha mutaxassislarining fikricha, FIFAning kelishuv bo'yicha to'lovi yiliga 100 million dollarga yetishi mumkin.

Aramco kriket, Formula-1 va ayollar golfida homiy sifatida faoliyat olib boradi.

Qayd etilishicha, FIFAning davlatga aloqador kompaniyalar bilan homiylik shartnomalari jahon sport musobaqalarida keng tarqalgan amaliyotdir. Jumladan, 2018 yilda Rossiyadagi jahon chempionati oldidan Gazprom FIFA homiysi bo'lgan bo'lsa, 2022 yilda Qatardagi turnir oldidan Qatar Airways kompaniyasi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Times