Sarri "Zenit" ustozi bo'lishga juda yaqin

Aslanov Jasurbek
23 may 2018
"Napoli" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Zenit"ni boshqarishi mumkin.

Italiyalik mutaxassis Rossiya vizasini olish uchun hujjat topshirdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Sarri rus klubi taklifini qabul qilsa, ushbu viza kerak bo'ladi. Hujjat 4 kunda tayyor bo'ladi.

Oldinroq, mutaxassis "Zenit"da ishlashga qiziqmayotgani haqida xabar berilgan edi. Piter klubi 8 mln. evro evaziga "Napoli"dan Sarri shartnomasini xarid qilmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CalcioNapoli24