Sarri: "Yuventus" Italiyada g'alaba qozonishi shart"

Alisher
26 fev 2020, 17:52
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri CHL 1/8 final doirasidagi "Lion"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz Italiyada g'alaba qozonishimiz shart va buning uchun javobgarmiz. Yevropadagi 10ta klubning ham maqsadi bitta va biz ulardan birimiz.

"Lion" - katta tezlikdagi texnik taraflama kuchli jamoa va jismoniy jihatlari ham yomon emas. Xavfli jamoaga qarshi o'yin bo'ladi, shu sababdan biz ajoyib o'yin ko'rsatishimiz kerak.

Krishtianu - butun dunyoda qadrlanadigan futbolchi. Uning statistika formasi qanday ekanligidan ham dalolat berib turibdi", - deydi Sarri.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" - "Lion" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc