Sarri: "Napoli" tarixga kirdi"

Aslanov Jasurbek
7 dek 2016
"Napoli" bosh murabbiyi Mauricio Sarri Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turida "Benfika" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

Neapolliklar o'z tarixida ilk marotaba ushbu turnir guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunladi.

"Biz guruh g'olibi bo'lmoqchi edik. "Napoli" tarixga kirdi. Gol o'tkazib yuborganimiz alam qildi. O'yinga e'tibor bersak, biz raqibga gol urish uchun imkon bermasligimiz kerak edi. Natijalarga qaramasdan, biz guruhni birinchi o'rinda yakunlashimizga ishonchim komil edi" - deydi Sarri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mediaset Premium