Sarri: "Mag'lubiyatga uchrashni menga qizig'i yo'q, lekin "Arsenal"ga yutqazgandek emas "

20 yanv 2019, 07:09
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Arsenal"ga qarshi o'yindan so'ng (0:2) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Derbiga bo'lgan munosabatdan jahlim chiqdi. Vaqt o'tgani sayin qiyinchiliklarga duch kelishga majburmiz. Ammo, bugungidan yaxshiroq javob qaytarishimiz kerak.

Bunday munosabatda bo'lish mumkin emas. "Tottenxem" bilan bahsda ham shunday bo'lgan edi. Bu muammoni bartaraf qilamiz deb o'ylagandik. Lekin, shu kabi markaziy uchrashuvlarda bitta ritmga tushib olish biz uchun rostdan ham qiyindek tuyulmoqda. Yutqazishning farqi yo'q, lekin bu o'yin bilan emas", - deya mutaxssisning fikrini keltiradi BBC nashri.

"Chelsi" APLda to'rtinchi o'rinni (47 ochko) band etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC