Sarri Iguainning holati haqida gapirdi

27 okt 2019, 09:59
“Yuventus” hujumchisi Gonsalo Iguain A seriyaning 9-turida “Lechche”ga (1:1) qarshi bahsdan keyin shifoxonaga olib ketildi.

Turinliklar bosh murabbiyi Mauricio Sarri hujumchining holati haqida gapirdi.

“Gonsalo qoshi tikildi. Shifokorlar uning shifoxonada yana bir kuni qolish qolmasligi masalasini hal qilishadi. Futbolchining holati yaxshi. O'ylashimcha, u jamoa a'zolari bilan birga Turinga qaytadi”, deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport Italia.

Eslatib o'tamiz, “Lechche”ga qarshi bellashuvda Iguain mezbonlar posboni Gabriel bilan to'qnashib ketdi va boshidan jarohat oldi. Maydonda shifokorlar yordamida futbolchi yana bahsni oxiriga davom ettirdi. Biroq, uchrashuv yakunlangach argentinalik hujumchi tibbiy ko'rikdan o'tkazish uchun shifoxonaga olib ketilgandi.


O'xshash yangiliklar