Sarri: “Gvardiola “Atalanta”ga juda to'g'ri tarif bergan”

Eldor Akmurzayev
11 iyul 2020
“Yuventus” ustozi Mauricio Sarri Italiya chempionati 32-turi doirasida “Atalanta”ga qarshi 11 iyul kuni o'tadigan bahs haqida gapirdi.

“Bu juda qiyin bahs bo'ladi. Muntazam ochko yig'ib kelayotgan jamoaga qarshi to'qnash kelamiz. Hozir “Lion”ni o'ylaydigan vaqt emas. “Atalanta” agressiv jamoa, fizik tomondan kuchli tomonlarga ega, ularga qarshi o'ynash oson bo'lmaydi.

“Atalanta”ga qarshi o'yinlarga Gvardiola eng aniq tarifni bergan, ular bilan o'ynash tish shifokoriga borishga o'xshash: barchasi yaxshi tugashi mumkin, ammo og'riq seziladi”, deydi Sarri.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports Italia