Sarri Yevropa ligasida g'olib bo'lsa ham ishsiz qolishi mumkin

Aslanov Jasurbek
15 may 2019, 15:33
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri mavsum oxirida iste'foga chiqishi kutilmoqda.

Sarri Yevropa ligasida zafar quchgan taqdirda ham klub egasi Roman Abramovich mutaxassis bilan xayrlashishi mumkin.

Klub muxlislariga italiyalik murabbiy uslubi yoqmayapti.

Agar haqiqatdan ham "Chelsi" Sarrini iste'foga chiqarsa, mutaxassis A Seriyaga qaytishi mumkin.

Mauricio Sarri Italiyada "Roma" yoki "Milan"ni boshqarishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia