Sarri De Laurentisni "Napoli"dan ketish bilan qo'rqitdi

Aslanov Jasurbek
21 fev 2017, 18:14
"Napoli" bosh murabbiyi Mauricio Sarri joriy mavsum yakunlanganidan so'ng klubni tark etishi mumkin.

"Real"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvidan (1:3) so'ng "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis jamoa bosh murabbiyi Sarrini tanqid qildi. Ma'lumotlarga ko'ra, kelishmovichilik "Palermo"ga qarshi bahsdan (1:1) keyin kelib chiqqan edi. O'shanda De Laurentis Sarrini futbolchilarga noto'g'ri ko'rsatma berishda ayblagan. Shundan so'ng 58 yoshli mutaxassis jamoani tark etish bilan qo'rqitgan.

Sarri bilan birga sport direktori Kristiano Gvintoli ham "Napoli"ni tark etishga tayyor. Mauricio Sarrining "Napoli" bilan shartnomasi 2020 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport