Sarri “Chelsi”dagi debyut mavsumida qoyilmaqom natija qayd etdi

30 may 2019, 08:30
“Chelsi” Mauricio Sarri qo'l ostida Yevropa Ligasi finalida “Arsenal”dan 4:1 hisobida ustun keldi.

Bu Sarrining “Chelsi”dagi debyut mavsumida barcha musobaqalarda qo'lga kiritilgan 39-g'alabasi bo'ldi. “Chelsi” bosh murabbiyligida o'zining debyut mavsumida eng ko'p g'alabani Joze Mourinyo qayd etgandi - 42 ta g'alaba.

Shuningdek, Sarri 1999 yildan beri UEFA Kubogi/Yevropa Ligasini yutgan ilk italiyalik murabbiy bo'ldi. O'shanda Alberta Malezani “Parma” bilan UEFA Kubogini qo'lga kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta