Sarri "Chelsi"da "Yuventus" futbolchisini ko'rmoqchi

Mirjalol Normatov
13 may 2018, 18:10
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain "Chelsi"ga o'tishi mumkin, deb xabar beradi "Tuttosport" nashri.

Manbaning xabariga ko'ra, "Napoli" ustozi Mauricio Sarri "Chelsi" boshqaruvini o'z qo'liga oladigan bo'lsa, argentinalik hujumchini jamoaga taklif etadi.

30 yoshli Iguain ikki mavsum davomida "Napoli"da Sarri qo'l ostida o'ynagan. "Yuve" futbolchini 50 mln evroga sotishi yoki top-saviyali hujumchiga almashtirishga tayyor bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport