Sarri: "Azar dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lishi mumkin, hammasi uning o'ziga bog'liq"

Aslanov Jasurbek
18 avg 2018, 13:21
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarrining fikricha, jamoa yarim himoyachisi Eden Azar jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lishi mumkin.

"Eden gollari sonini oshirishi mumkin. Biz hozir Yevropaning eng kuchli futbolchilaridan biri haqida gapiryapmiz. Azar dunyoning birinchi raqamli o'yinchisiga aylanishi mumkin. Hammasi uning o'ziga bog'liq" - deydi Sarri.

Oldinroq, "Real" Azar borasida "Chelsi"ga taklif yubormoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.

Eden Azar 2012 yil "Lill"dan "Chelsi"ga o'tgan. So'nggi mavsum u APLning 34ta uchrashuvida maydonga tushib, 12ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Chelseafc.com