Sarri APL va A Seriya o'rtasidagi farqni tushuntirdi

Mirjalol Normatov
7 sen 2018, 21:29
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri Angliya va Italiya chempionatlarini solishtirdi.

"APL va Kubokni qo'lga kiritgan Antonio Kontening o'rnida ishlash juda qiyin. Muammolar? Men raqiblarimiz haqida kam ma'lumotlarga ega edim, ammo qaysi yo'nalishda ketishni tushunayotgandim.

Angliya va Italiya chempionatlari orasida farq anchagina katta. Boshqa jamoalarning fanatlari "Chelsi" muxlislari bilan birga ichimlik ichishlari, mening oldimga kelib, dastxat so'rashlari mumkin. Futboli haqida gapiradigan bo'lsam, bu yerdagi o'yinning tezligi Italiyanikidan farq qiladi. Angliyada to'p uchun qattiq kurashiladi. Italiyada esa bunday darajada emas", - dedi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Evening Standard