Sardor Rashidov Osiyo Kubogi rasmiy sayti etirofida

Aziz Tukhtamuradov
30 dek 2015, 15:10
Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogining rasmiy sayti hamyurtimiz Sardor Rashidov haqida maqola chop etdi.
"23 yoshni qarshi olgan Rashidov O'zbekiston terma jamoasining istedodli futbolchilaridan biri hisoblanadi.

U Rivaldo orqali mashhurlikka erishgan "Bunyodkor" jamoasida 2010 yildan beri to'p tepadi.

Toshkent atrofidagi kichik shaharlardan birida tug'ilgan futbolchi ayni paytda jamoasining muhim a'zolaridan biri hisoblanadi", - deyiladi maqolada.

Shuningdek, uning "Bunyodkor" safida qo'lga kiritgan yutuqlari ham aytib o'tilgan.

"U terma jamoadagi ilk o'yinini OK-2015 saralashi doirasida Vetnam jamoasiga qarshi o'tkazgan. 3:1 hisobida O'zbekistonning g'alabasi bilan yakunlangan o'sha o'yinda u terma jamoadagi dastlabki golini ham kiritishga ulgurgan.

Shundan beri u terma jamoada to'p tepib keladi. Dekabr oyida bo'lib o'tgan yig'inlarda u o'z gollari bilan Falastin, Iordaniya terma jamoalari ustidan g'alaba qozonishga o'z hissasini qo'shdi.

"Oq bo'rilar" muxlislariga shuni aytib o'tishimiz mumkin-ki, Rashidov ayni paytda ajoyib formada. Xitoy, KXDR, Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rin olgan guruhda kurash qizg'in kechishi aniq", - deya fikr bildirilgan turnir rasmiy saytida.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia