Sardor Rashidov: "Muxlislar mendan ko'p narsa kutayotganini his qilib turibman"

Sherzod Nurmatov
2 apr 2021, 21:44
Superliganing ikkinchi turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" (2:1) o'yini qiziqarli va kurashlarga boy bo'ldi. Ushbu uchrashuvdan so'ng "Paxtakor" yarim himoyachisi Sardor Rashidov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Garchi ko'pchilik oson g'alabani qo'lga kiritishimizni kutgan bo'lsa-da, aslida unday bo'lmadi. "Metallurg" ham yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Yakunda iroda ko'rsatgan holda muhim uch ochkoga ega chiqdik. Egor Krimec qizil kartochka olgandan so'ng bir kishi kam bo'lib qolganimizga qaramasdan, g'alaba uchun oxirigacha kurashdik. 

Terma jamoa yig'inidan keyin kayfiyat a'lo darajada. Minglab muxlislar qarshisida to'p tepish barcha futbolchiga qo'shimcha kuch berishi tayin. To'g'ri, klubga kelgandan so'ng ruhiyat boshqacha bo'lishi tabiiy. 

Aprel oyida bizni tig'iz taqvim kutmoqda. Chempionlar Ligasidan oldin Namanganda qiyin bahsda "Navbahor" bilan kuch sinashamiz. OCHLda O'zbekiston shanini himoya qilamiz. Shuning uchun bor kuchimiz bilan tayyorgarlik ko'ramiz. Muxlislar mendan ko'p narsa kutayotganini his qilib turibman. O'yindan o'yinga sport formamni yuqori darajaga olib chiqishga harakat qilaman", – deydi Rashidov.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia