

"Keyingi turda jamoamiz "Lahviya"ga qarshi derbi bellashuvida maydonga chiqadi. Bu o'yin biz uchun muhimligini aytgan murabbiyimiz meni zaxirada olib qoldi va o'yin so'ngida maydonga tushirdi. Shunday bo'lsa-da, o'z hisobimga bitta gol yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldim. Hozircha chempionlikka harakat qilayotganlar orasida "Al Sadd" bilan o'ynadik, yaxshi jamoa. Favorit sifatida "Al Rayyan"ni ko'rsatishim mumkin", - deydi Rashidov kechagi o'yin bo'yicha bildirgan fikrlarida.




