

"Ikki jamoa ham turnir jadvalida qo'shni bo'lib turgandi. Principiallik yuqori edi, deya olaman. Olti ochkolik uchrashuv bo'ldi. "G'ijduvon" bilan kechgan kubok o'yinidan so'ng orada qisqa vaqt ichida tayyorgarlik ko'rdik. O'ylaymanki, kuchli jamoa g'alaba qozondi. Nafaqat biz, balki stadionga kelgan muxlislar ham yutdi. Chiroyli o'yin guvohiga aylanishdi.
O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoa har bir o'yinga finaldek chiqishi kerak. Xudoga shukur g'alaba qozondik. Yuzimiz yorug' bo'ldi",- deydi Sardor Rahmonov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi



