Sardor Qobuljonov: "Buxoro" shu yilning o'zida Superligaga qaytishga tayyor!"

Narzulla Saydullayev
22 mar 2021, 22:21
"Buxoro" klubi posboni Sardor Qobuljonov Pro liganing 1-turidan o'rin olgan "Oq-tepa"ga qarshi bahsdan oldin championat.asia saytiga qisqa intervyu berdi.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday o'tdi?
- Tayyorgarlik a'lo darajada o'tdi. Toshkentda bir qator nazorat uchrashuvlarida ishtirok etdik, mashg'ulotlar o'tkazdik. Pro liganing yangi mavsumiga tayyormiz deya olaman.

- Birinchi turdagi raqib "Oq-tepa" haqida qanday fikrdasiz?

- Raqib bir necha yillardan buyon Pro ligada ishtirok etib kelmoqda. Anchagina yaxshi va kuchli jamoa deb o'ylayman.

- Mavsumning dastlabki ikkita uchrashuvini safarda o'tkazish qanchalik og'ir?

- Dastlabki ikki uchrashuv safarda o'tishi albatta har qanday jamoa uchun qiyin bo'ladi. Lekin bunga e'tibor bermasligimiz lozim. Chunki bizning maqsadimiz bitta - Superligaga qaytish!

- Jamoa shu yilning o'zida Superligaga qaytishga tayyormi?

- InshaAlloh tayyor. Xudo xohlasa, shu yilning o'zida Superligaga chiqamiz.

- Bilamizki "Buxoro"ga legioner darvozabon Rahat Japarov kelgan. U haqida qanday fikrdasiz? Raqobatga tayyormisiz?

- Japarov ancha yaxshi darvozabonligini mashg'ulotlarda ko'rsatdi. Raqobatga hamisha tayyorman, raqobat bor joyda o'sish bo'lishini mendan yaxshi bilasiz.

- Buxorolik muxlislarga tilaklaringiz...

- Muxlislarga tilagim - baxtimizga doim sog' bo'lishsin, futbol ular bilan qiziq!

Maqsud Komilov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia