Sardor Mirzaev: "O'tgan safargi mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotlay oldik"

Aziz Tukhtamuradov
9 apr 2015, 15:33
"Lokomotiv" futbolchisi Sardor Mirzaev "Al-Sadd"ga qarshi o'yindan so'ng miks zonada o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin qiyin bo'ldi. O'yinga yaxshi tayyorlangandik. Qatardagi mag'lubiyat alamini oldik. Haqli ravishda g'alaba qozondik deb o'ylayman. Muxlislarga bizni qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun alohida rahmat. O'tgan safargi mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotlay oldik deb o'ylayman.

Oldimizdagi ikkita o'yinda ham g'alaba qozonib, guruhdan chiqishga harakat qilamiz", - deb aytib o'tdi Sardor Mirzaev.

Aziz To'xtamurodov yozib oldi

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia