S.Arabistoni chempionatida darvozabon 90+5 daqiqada gol urib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqardi

Eldor Akmurzayev
16 fev 2020, 19:40
Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turida “Al Fotih” o'z maydonida “Al Faysaliy”ni qabul qilib jangovar durang o'ynadi.

Uchrashuvning kulminacion vaziyatlaridan biri o'yinning so'nggi qismida yuz berdi. 

2:1 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgan mehmonlar 90+5 daqiqada burchak zarbasini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lishdi va shu bois jamoa darvozaboni Mustafo Malayeka ham vaqt oz qolgani bois raqib jarima maydoni ichiga yugurib keldi. Jamoadoshining uzatgan to'pini esa Mustafo bosh bilan maydon egalari darvozasiga to'g'rilab yubordi hamda “Al Faysaliy”ni mag'lubiyatdan qutqardi. 


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia