Sanjar Tursunov jamoasi durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2014, 15:21
O'zbekistonlik yarim himoyachi Sanjar Tursunov to'p tepayotgan "Vorskla" klubi Sloveniyadagi yig'in doirasida so'nggi bahsni o'tkazdi.
Ukrainaning "Volin" klubiga qarshi kechgan o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Hamyurtimiz uchrashuv davomida 75 daqiqa harakat qildi.

Endi "Vorskla" Ukrainaga qaytadi va premer-liganing 1-turidan o'rin olgan "Dinamo"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'radi. Ushbu bahs 27 iyul kuni Kievda bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan.

Vorskla - Volin 1:1  
Gollar:
Kovpak (90) - Gumenyuk (35)  
18 iyul 2014 yil. Sveti-Marti-na-Muri shahri.

"Vorskla": Nepogodov  (Bogush, 46), Perduta (Romanchuk, 75), Dallku, E. Tkachuk, Sapay, Gromov (Yanuzi, 46), Dedechko (Markoski, 75), Chesnakov, Sanjar Tursunov (Krivosheenko, 75), A. Tkachuk, Mishchenko (Kovpak, 60)
Zaxira: Romanchuk, Krivosheenko, Markoski, Sklyar

"Volin": Nedilko, Siminin, Godovaniy, Zunich, S. Voronin, Zadereckiy, Memeshev, O. Gumenyuk, Rogach, Parcvaniya, Kobaxidze
Zaxira: Litovchenko, Kichak, R. Nikityuk, A. Nikityuk, Dadik, Babenko, Prindeta, Shabanov, Shish, Zinkevich.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia