Muborakning “Mashal” jamoasi garchi birinchi ligada ishtirok etayotgan bo'lsa-da, juda mazmunli o'yin ko'rsatmoqda. Jamoa birinchi bosqichni birinchi o'rinda tugatishdan tashqari 22ta bellashuvda o'z darvozasidan atigi oltita to'p o'tkazib yubordi. Bundan barcha futbolchilar qatori darvozabon Sanjar Quvvatovning ham hissasi katta.
Kasbilik darvozabonning o'yiniga jiddiy etiroz bo'lishi mumkin emas. Va o'ylaymizki, u milliy terma jamoa yig'inlariga muntazam ravishda chaqirsa bo'ladigan darajaga etdi. Bu gapni biz “Mashal” foydasini ko'zlab aytayotganimiz yo'q, balki masalaga obektiv holda yondoshib ham shuni aytish mumkinki, Sanjar Quvvatov terma jamoada to'p sura oladigan darajada etuk futbolchi.
To'g'ri, ayni paytda Ignatiy Nesterov milliy terma jamoamizning asosiy posboni bo'lib turibdi va uning o'yinlariga gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Lekin nazarimizda, Ignatiyga ham mos o'rinbosar kerak va Quvvatov mana shunday o'rinbosarlardan biri bo'la olishi mumkin. Chunki unda darvozabonga kerakli bo'lgan xislatlar etarli. Quvvatovni anchadan beri taniganim uchun shuni aytishim mumkin, u ichmaydi, chekmaydi va rejimga to'liq amal qiladi. Mashg'ulotlarda ham ter to'kib ishlaydi. Murabbiylarning har bir ko'rsatmasini to'liq bajarishga harakat qiladi.
Bugungi kunda terma jamoamizda ikkinchi va uchinchi darvozabonlar bo'lib turgan Murod Zuhurov bilan Sardor Qobuljonovga nimadir yetishmayotgandek. Xususan Zuhurov ko'p vaqtini “Bunyodkor” zaxirasida o'tkazmoqda. Qobuljonov esa hali to'liq pishib etilgani yo'q. Shunday ekan, agar terma jamoa murabbiylari Sanjar Quvvatovga ham e'tibor qaratadigan bo'lishsa, o'ylaymizki, adashishmaydi.
Bundan tashqari, Sanjar uchun terma jamoa yangilik hisoblanmaydi. U o'z vaqtida olimpiya termamiz safida ham yaxshi o'yin ko'rsatgan va pog'onama pog'ona odimlab mana endi milliy terma jamoada ham o'ynay oladigan darajaga etdi. Agar avgust oyida bo'lib o'tadigan terma jamoamizning Turkiya bilan o'rtoqlik o'yiniga Sanjar Quvvatov ham taklif etilsa bundan muboraklik muxlislarning boshi ko'kka etgan bo'lardi.