Sanshesh "Barselona" bilan kelishuvga erishdi

Alisher
7 avg 2021, 16:11
Portugaliyalik xavbek Renatu Sanshesh "Barselona"ga o'tishga yaqin.

23 yoshli yarim himoyachi "ko'k-anorranglilar" bilan muzokaralar o'tkazdi va mehnat shartnomasi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Moliyaviy qiyinchiliklar paytida kataloniyaliklar o'yinchini keyinchalik xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishlari mumkin.

Renatu 2019 yilning yozidan beri "Lill" tarkibida o'ynaydi. Portugaliyalik o'tgan mavsum jamoa bilan birga Fransiya chempioniga aylandi.

Sanshesh o'tgan mavsum Liga 1 doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le10Sport