Sankt-Peterburgda yashaydigan hamyurtlarimiz diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
14 okt 2019, 22:12
15 oktyabr kuni O'zbekistonning "Humo" xokkey klubi VXL doirasida Rossiyaning "Ska-Neva" klubi bilan o'yin o'tkazadi.

Mazkur bahs Sankt-Peterburg shahridagi "Xokkeynyy gorod" sport majmuasida bo'lib o'tadi. O'yin Sankt-Peterburg vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Bu uchrashuv "Humo" uchun juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ayni paytda Sankt-Peterburg shahrida yashayotgan barcha-barcha hamyurtlarimizdan o'yinga kelib, xokkeychilarimizni qo'llab-quvvatlashga chorlaymiz!

Sana: 15 oktyabr 2019 yil
O'yin: SKA-Neva (Rossiya) - Humo (O'zbekiston)
Boshlanish vaqti: 19:00 (Sankt-Peterburg vaqti)
Sport majmuasi: "Xokkeynyy gorod"
Manzil: Rossiyskiy pr., 6, Sankt-Peterburg.

Iltimos bu xabarni barcha hamyurtlarimizga yuboring.

Olg'a "Humo", Olg'a O'zbekiston!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia