Sanjar Tursunov va Egor Krimec terma jamoa ixtiyoriga yetib kelishdi

Narzulla Saydullayev
20 mar 2016, 16:42
Qatar va Xitoyda faoliyat olib borayotgan legionerlarimiz Toshkentga yetib kelishdi.

"Umm Salal" klubi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov va "Beyjing Goan" himoyachisi Egor Krimec bugun terma jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkazishdi. Ertaga Sardor Rashidov hamda Qozog'iston va Rossiyada to'p tepayotgan legionerlarimiz Toshkentga kelishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 24 mart kuni Filippinga qarshi o'yin o'tkazadi. Uchrashuv "Bunyodkor" stadionida soat 18:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia