Sanjar Tursunov "Umm Salal"ga o'tadi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2016
O'zbekistonlik yarim himoyachi Sanjar Tursunov kecha Ukrainaning "Vorskla" klubini tark etgani haqida xabar bergandik.

Tursunovga Qatar klubidan jiddiy taklif tushgani uchun Ukraina klubini tark etgani barchaga ma'lum. Futbolchi Qatarning "Umm Salal" klubida faoliyatini davom ettiradi.

Ma'lumot uchun, "Umm Salal" klubi 1979 yilda tashkil topgan. Jamoa Doha shahri sharafini himoya qiladi. Bosh murabbiy turkiyalik Byulent Uygun hisoblanadi.

"Umm Salal" 15ta turdan so'ng 23 ochko bilan musobaqa jadvalining 5-pog'onasida bormoqda.

Klubda braziliyalik Velinton, eronlik Andranik Teymurian, fransiyalik Jeremi Aliadiere va KotD Ivuar vakili Yannik Sagbo kabi legionerlar to'p tepishmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia