Sanjar Tursunov: "Jahon chempionati saralashlarida yaxshi imkoniyatga egamiz"

Iskandarov Abdulaziz
2 sen 2024, 22:40
O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Sanjar Tursunov bo'lajak saralash bahslari oldidan terma jamoamizning imkoniyatlarini baholadi.

"Imkoniyatlarimiz boshqa jamoalarga qaraganda yaxshiroq deb o'ylayman. Tarkib, darajaga qaraganda yaxshi holatdamiz. Hozir ham, oldin ham aytganman Katanetsda taktik o'yin suratini ko'rmayapman. Balki buyog'iga yangi o'yin rejalari bordir. Kim bo'lishidan qatiy nazar O'zbekistonga muxlislik qilamiz. Bu - futbol. Unda doim syurpirizla bo'ladi. Jahon chempionatiga chiqishimizni bu guruh ko'rsatib beradi",- deydi Sanjar Tursunov. 

Ma'lumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi saralashdagi ishtirokini 5 sentyabr kuni KHDRga qarshi bahs bilan boshlaydi. O'yin 19:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia